Kelinlani kamsitish

Assalomu alaykum! Oilada kelinlani o‘rni va eng asosiy vazifalari bu jufti xaloli va uning ota onasini xurmatini joiga qo‘yish izzat etibor qilish. Lekin 2-darajadagi insonlar ya’ni qayni bo‘ynilar qayn opa singillarga kelinlani qiladigan vazifasi nimadan iborat? Agar kelin yaxshi gapirib xushmuomilada bo‘lgan xoldayam qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilib yashasayam, kelinlani o‘z o‘rningni bil kelinmisan kelinligini qil deb kamsitish past ko‘rishka qayn bo‘ynilani opa singillani xaqqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelindan aslida eriga xizmat va uni rozi qilishi talab qilingan. Kelin qaynona va qayniopa-singillarga xizmatchi emas. Ularni xizmatini qilsa, ularga ehson qilgan bo‘ladi. Bu borada qaynona va qayniopa-singillar buyurug‘ini bajarishi emas, erining aytganlariga itoat qilishi kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar