Ayrim Mushaflardagi xatoliklar

Assalomu alaykum! Man diniy kitoblar savdosi bilan shug‘ullanaman. Bizga hozirgi kunda turkiyada ishlab chiqarilgan mushaflar sotuvga kelmoqda. Mushaflarni har bir nashr qilinishida Qur’on ulamolaridan iborat mahsus komissiya tekshiruvidan o‘tganlik guvohnomasi bo‘lishi kerak ekan. Lekin ayrim korxonalar chiqargan mushaflarda bu guvohnoma yo‘q ( korxona egalari guvohnoma uchun harajat qilishdan qochganligi uchun) va ular guvohnomasi bor mushaflar bilan solishtirilganda texnik xatolik sabab ayrim fatha, tashdid kabi belgilar tushib qolganligi yoki o‘rni almashib ketganligi bilindi. Albatta Allohni kalomida bitta belgi ham o‘zgarishi mumkin emas deb bilaman. Savolim shuki, shunaqa mushaflarni mijozlarga sotishim joizmi? Yoki mushafdagi tinish belgi bilan bog‘liq hatolikni komissiya tasdig‘idan o‘tgan mushaf bilan solishtirib, to‘g‘irlab qo‘yish mumkinmi? Bu gunoh bo‘lib qolmaydimi? Ilmsizlik qilib noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr. Alloh barchamizni hidoyatidan ayirmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xatolarini to‘g‘rilab qo‘yishingiz shart. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 149 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar