Faxsh ish haqida hadis

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ! Hurmatli ustoz . Savolim shundan iborat : Rosululloh s.a.v qay bir qavmda fahsh oshkor bo‘lsa o‘sha qavmga ota bobo‘lari ham ko‘rmagan baloni alloh yuboradi deganlar Manashu hadis to‘g‘ri yozilganmi yoki qaeridadur hato qilingan joyi bormi ko‘rib bersangiz roviysi kimligini ham aytib yuborsangiz iltimos Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibn Moja rivoyati. Bu uzun xadisni bir qismi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoni rivoyati. عن عبد الله بن عمر، قال: أقبل علينا رسول الله صلى الله عليه وسلم، فقال: «لم تَظْهَرِ الفاحشةُ في قومٍ قَطُّ ؛ حتى يُعْلِنُوا بها ؛ إلا فَشَا فيهِمُ الطاعونُ والأوجاعُ التي لم تَكُنْ مَضَتْ في أسلافِهِم الذين مَضَوْا». رواه ابن ماجه.Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallhu alayhi vasallam biz tamon kelib shunday dedilar: «Biror bir qavmda fahsh (zino) tarqalsa va uni ular ochiqchasiga qilishsa, albatta, ularning oralarida oldingi o‘tgan ota-bobolarida bo‘lmagan vabo va kasalliklar tarqaladi». 
Ibn Moja va Hokim rivoyat qilishgan. Imom Hokim: «Bu hadisning sanadi sahihdir», degan. Imom Busiriy «Misbahuz-zujaaj fi zavoidi Ibn Moja» kitobida (4/186): «Amal qilishga yaroqli degan» degan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 208 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar