Zakot va sadaqalarni oshkor berish
Assalomu alaykum! Zakot yoki sadaqalarni berganda oshkora bergani afzalmi yoki maxfiymi? Bu savolni berilganidan maqsad xozirgi kunda kopchilik taniqli shaxslar va boshqalar zakot yoki sadaqalarni berganda video yoki suratga olinmoqda. Albatta bundan balki boshqalarga xam ibrat, targ‘ib ma’nosi bordir, shu ishlarga qodir bo‘lib bajarmayotganlardan yaxshidir lekin shu bilan oladigan insonlarni xijolat qilish mumkunligi, Alloh saqlasin riyo bo‘lib qolishi mumkinligi va yana boshqa sabablar orqali e’tirozlarga uchramoqda. Shuning uchun qaysi biri maqsadga muvofiq. Biz bu bilan boshqalarning qilayotgan xayrli ishlarini muxokama qilib bu amal tog‘ri bu riyo deb xukm berolmaymiz bunga xaqqimiz xam yo‘q, shuning uchun bu borada shariat korsatmalari qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi damda zakotni oshkora bergan afzal, toki boshqalar ham ogohlansin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 175 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi damda zakotni oshkora bergan afzal, toki boshqalar ham ogohlansin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 175 | Zakot