Qurbonlik va aqiyqada kelishish
Assalomu alaykum! Qurbonlik va aqiyqa qilishda, hayvonni so‘yib, keyin go‘shtini tortib, o‘shanga yarasha pul bersa, so‘yilgan hayvon qurbonlik yoki aqiyqa o‘rniga o‘tmasligini bildim. Lekin agar avvaldan kelishuv qilib, pulini so‘ygandan keyin bersachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘yni aniq narxga to‘liq sotib olib, o‘ziniki qilib bo‘lib, so‘yib so‘ngra pulini bersa joiz. Ammo “Qo‘yni sotib oldim, so‘ygandan keyin go‘shtiga qarab narxi aniq bo‘ladi” desa savdo ham qurbonlik ham durust emas. Chunki bunda narx noma’lum bo‘lgani uchun savdo fosid bo‘lgan va qo‘y sotuvchining mulkida qolgan. Qurbonlik esa birovning qo‘yini so‘yish bilan ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
4 Avgust 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar