Yaxshilik qilay desam meni yomon ko‘rishyapti

Assalomu alaykum! Men bir kuni o‘zimizni mahalladoshlarimizni suhbatiga aralashib qoldim, ko‘pchiligi mendan yoshi katta 50-55 larga kirib qolgan. Mening yoshim 20da. Namoz o‘qimaydi lekin o‘zini hamma narsani bilaman deb o‘ylaydi. Diniy tushunchasi umuman past. Umuman din haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega. Men unga unday emas desam meni yomon ko‘ryapti. Menga umuman yomon muomalada bo‘lyapti. Men unga dalillab berdim lekin ular o‘z fikrlarida qolishyapti va menga yomon ko‘z bilan qarashyapti. Men shu xolatda nima qilishim kerak?Men umuman noto‘g‘ri gaplarga chidab turolmayman. Men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ilm ham o‘rganing uni etkazishni ham o‘rganing. Ilm olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Haqni gapirayapman deb hamma narsani har holatda gapiravermang. Ularga o‘zlari qiziqadigan diniy ma’lumotlarni bering. Faqat yaxshilikka targ‘ib qiling. Masalan kim silai rahm qilsa rizqi keng va umri uzun bo‘ladi degan hadis bor. Shu kabilarni etkazing. Xatolarini to‘g‘rilash vaqti ham keladi. Hozirgi kunda xatolarini to‘g‘rilayman desangiz tug‘ib katta qilgan ota-onangizga ham yoqmaysiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar