Erimning shu gaplari bilan taloq tushganmi
Assalomu alaykum! 4 oy oldin ajirmga sudga erim ariza bergan edi. Ariza mazmunida “xotinimda ko‘nglim yo‘q, yarashishni iloji yo‘q, muxlat qo‘ymasdan ajrim qilib berishingizni so‘rayman” deb yozgan edi. Sudda “xotinim kasal, ko‘rolmiman, menga sog‘lom xotin kerak, men bu bilan yasholmayman muxlatsiz ajirating. Talog‘ini berganman” degan edi. Sud 6 oy muxlat berdi, lekin suddan tashqariga chiqib. Men bilan xam boshqa xotin bilan xam yashomoqchiligini aytdi. Men qarshi bo‘ldim. “Meni tinch qo‘ying taloq tushib bo‘ldi siz bilan yashashni xoxlamayapman” desam mayli xoxlaganingdaqa yasha deb ketgan. Javobimni bering deb so‘rasam “xoxlaganingdaka yasha senga oq yo‘l” der edi. Bir oy oldin oldimizda 2 yarim yosh o‘g‘limiz xam bor edi, “3 taloqsan, sen bilan kelisha olmaymiz” degandi. Hozir yana yonimga kelyapdi, 3 taloq deganimda guvoxlar yo‘q edi deb. Sovolim shuki sudda talog‘im tushganmi? Xozir boshqasiga turmushga chiqsam bo‘ladimi? Agar sudda taloq tushmagan bo‘lsa 3 taloqsan deganida guvox bo‘lmasa xam taloq tushdimi? Iddada o‘tiramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq deganda sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Taloq tushishi uchun guvoh shart emas. O‘sha so‘zdan buyon uch hayz ko‘rib poklangan bo‘lsangiz iddangiz ham chiqib bo‘lgan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 167 | Islam