Qur’onni kitobdan yoki yoddan o‘qilganning savobi

Assalomu alaykum! Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, unga buning uchun bir savob bo‘lur. Har bir savob esa o‘n misli(ga ko‘paytirilur). «Alif. Laam. Miym – bir harf» demayman. Balki «Alif» bir harf, «Laam» bir harf, «Miym» bir harf», dedilar». Ushbu o‘n mislicha savob Qur’onni kitobdan o‘qilganda berilishi nazarda tutilganmi yoki yoddan o‘qisa xam shu xadisga muvofiq savob olinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ikki holatda ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 136 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar