Brendlarni nomidan foydalanish

Assalomu alaykum! Man 2 yildan beri tekstil tsexlariga, bozorlarga Xar-xil dunyoga mashxur brendlarni (adidas, puma, fila) yozilgan lentalarni ishlab chiqaraman. Ushbu lentalarni shalvarlarga, poyabzallarga, sumkalarga tikishadi. Boshqa nom bo‘lsa olishmidi. Shalvar, sumka ovotgan xaridorlar buni xaqiqiy emasligini bilib sotib olishadi. Odamlar ushbu brend nomi tushirilgan kiyimlarni kiyishni xoxlashadi, lekin orginalini xamma xam olomidi. Man ushbu brend lentalarni (xom-ashyo) ni tsexlarga, bozorlarga sotsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mualliflik haqqiga rioya qilishingiz shart. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar