Noto‘g‘ri qildimmi?
Assalomu alaykum! Bir kun oldin asr vaqtida junub bo‘lib qoldim. Bavl qilib, g‘usl oldim. Asrni o‘qidim. Keyin shomga tahorat olishda qarasam yana suyuqlik kelgan ekan (hech qanaqa shaxvatsiz). Asrdagi junublikni davomi edi deb o‘ylab, faqat tahorat qilib shomni o‘qidim. Xuftonda ham qaraganimda pok edim (to‘liq aminmasman, lekin shaxvatni keltiradigan hech narsa qilganim yo‘q edi). Bomdodga turib qarasam esa quruq dog‘ni ko‘rdim, bu ham kechagi junublikni asoratlaridan dedimda, bavl qilib yuborganim uchun g‘usl manga vojibmas deb, faqat tahoratni o‘zi bilan bomdodni o‘qidim. Lekin kishi uyqudan uyg‘onganda kiyimida bunaqa narsalarni ko‘rgani uchun g‘usl qilishi kerak. G‘usl qilganimda bomdodni o‘qishga ulgurmasdim ham. Shunda atayin nopok holda o‘qiganim uchun kofir bo‘lib qolmadimmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Doktorlarga o‘sha chiqqan narsani tekshirtiring. Agar shamollash sabab chiqqan ajralma(vыdelenya) bo‘lsa tahorat olsangiz bo‘ladi. Unday bo‘lmasa uyqudan turgach namlik yoki biror narsa chiqqanligining asoratini ko‘rsangiz g‘usl qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar