Avval qabiriston bo‘lgan bog‘

Assalomu alaykum! Uyimizga yaqin joyda istiroxat bog‘i bor. Qaynonamni aytishlaricha bu er ilgari qabiriston bo‘lgan ekan qaynonam 1956-yilda tug‘ilganlar. Dadam shu erda yotibdilar deydilar. Borish mumkin emas deyishadi. Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qabriston bo‘lmagan joy juda kam. Fiqhiy kitoblarimizda mayyitning jasadi chirib ketganidan so‘ng u erdan foydalanishga ruxsat berilgan. Ba’zilar qanchadir yil o‘tishini shart qilishadi, lekin aslida ish o‘sha jasadlarni chirib yo‘qolib ketishida. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 178 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar