Otam menga xaromdan boqyabdi
Assalomu alaykum! Mening yoshim 17da men maktab o‘quvchisiman. Mening ikkita oilali akam bor. Alhamdulillah Alloh meni hidoyat qilib anchadan beri namoz o‘qiyman. Mening dadamlar davlat ishida ishlashadi. Men hadislarda ma’ruzalarda eshitganman luqmasi xarom bo‘lgan insonni ibodati qabul bo‘lmas ekan. Xaromdan eb katta bo‘lga farzan noqobil farzand bplib katta bo‘ladi deb ham o‘qiganman. Vaholanki mening ikki akam ham noqobil farzand bo‘lishdi ota onamni dilini juda ko‘p og‘ritdi hatto qarg‘adilar ham. Yaqin kunlardan beri dadamlar men senlarga shu kungacha xarom edirib kelganman deyishdi. Men avvaldan dadamlar topib kelayotgan pul xarom ekanligini u pullar barchasi pora ekanligini bilar edim. Lekin nima qilay qo‘limda bir hunar yo‘q o‘zim pul tipay desam baribir o‘sha dadam topib kelgan xarom luqmani eyishga kiyishga majburman. Xarom luqma eb ota onamga zarar qilib Allohga osiy bo‘lishdan qanday saqlanishim mumkin. Luqmam harom ekanligini bilib turib uni eyishga majburman. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki meni luqmam xarom bo‘lgani sababli Alloh mening ibodatlarimni qabul qilmaydimi axir ilojsizmanku
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz halol pul topguningizcha o‘lmaydigan darajada eyishga shariat ruxsat beradi. O‘zingiz ham oilangiz ham halol rizq manbasini topib peshona teri bilan mehnat qilinglar shunda baraka bo‘ladi, Otangiz tavba qilib ibodat qilsin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom