Oilamni saqlab qolish uchun
Assalomu alaykum! Menga Qur’on ushlatib gapirgan gapim rost yoki yolg‘on ekanini so‘rashdi. Men qattiq qo‘rqu va hayajonda eslolmadim va yolg‘on dedim. Agar rost deganimda qaynonam meni uydan haydardi. Janjal vaqti alam ustida aytgan bu gapni balki aytganman balki yo‘q eslolmiman. Savolim shundan iboratki agar men u gapni aytgan bo‘lsam gunohim qay darajada og‘ir bo‘ladi. Bu gunohni yuvishni iloji bormi? Mana oradan 8 yil o‘tti bu savol menga tinchlik bermayabti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qasddan yolg‘on guvohlik bergan bo‘lsangiz gunohi kabiraga qo‘l urgan bo‘lasiz. Kabira uchun juda ko‘p istig‘for aytish kerak. Agar o‘zingiz bilmagan holda, yolg‘onni qasd qilmay biror so‘z aytib qo‘ygan bo‘lsangiz, so‘ngra u yolg‘on bo‘lib chiqqan bo‘lsa, Alloh taolo buni albatta afv qiladi.عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رُفِعَ الْقَلَمُ عَنْ ثَلاثَةٍ: عَنِ النَّائِمِ حَتَّى يَسْتَيْقِظَ، وَعَنِ الصَّبِيِّ حَتَّى يَحْتَلِمَ، وَعَنِ الْمَجْنُونِ حَتَّى يَعْقِلَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًاAli roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch (narsa)dan qalam ko‘tarilgandir: uyqudagi kishidan to uyg‘ongunicha, yosh boladan to balog‘atga etgunicha, majnundan to aqli kirgunicha», dedilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi «qalam»dan murod shar’iy taklif qalamidir. Ya’ni mazkur uch toifa kishilar tomonidan sodir bo‘lgan ishlar ularning nomai a’mollariga yozilmaydi. Shunga binoan, uxlab yotgan odam taloq qilsa, balog‘atga etmagan bola yoki majnun kishi ham taloq qilsa, taloqlari tushmaydi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ وَضَعَ عَنْ أُمَّتِي الْخَطَأَ وَالنِّسْيَانَ وَمَا اسْتُكْرِهُوا عَلَيْهِ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْIbn Abbosdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh mening ummatimdan xatoni, unutilgan va majbur qilingan narsani kechirgandir», dedilar».
Ibn Moja rivoyat qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 153 | Islam