Taxorat olish haqida

Assalomu alaykum! Menda taxorat olish yuzasidan bir qancha savolim bor edi. Savollarim mazmuni o‘zgacha bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman. 1) Taxorat olishda qanday xolatlarda inson o‘z avratlarini yuvishi kerak? 2) Masalan peshin namoziga avratlar yuvilib taxorat olingach, asr namozigacha el chiqarilsayu lekin katta yoki kichik hojatga borilmasa asr namozi uchun taxorat olinyotganda avratni yuvish kerakmi? 3) yuzdagi yoki tananing boshqa qismidagi xusunbuzarlarni siqsa ichidan oq narsa chiqadi shu xolda taxorat buziladimi? 4)asosan tirnoqning o‘ng yoki chap qismidagi teri parchasini yulinsa lekin qon chiqmasa bu xolatda ham taxorat buziladimi? Javoblaringiz uchun oldindan raxmat. Alloh taolo ilmlaringizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oldi va orqa avratlardan chiqqan najosat bir dirham (piylarni tagicha) miqdordan katta joyga tarqasa, avratni yuvish vojib (majburiy) bo‘ladi. Undan kichigida suv bilan yuvish sunnatdir.2). Avratni yuvmay tahorat olsa bo‘ladi.3). Husnbuzardan chiqqan qon yoki yiring oqadigan darajada ko‘p bo‘lsa tahorat buziladi. O‘sha husnbuzar yoki yaraning o‘zida qolsa buzilmaydi.4). Qon chiqmasa, buzilmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 254 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar