Zino va uning bugungi kunda jazosi
Alloh taolo o‘zi mag‘firat qilsin. Internetda horijdagi web-sahifalar va sizning web-sahifangizni o‘qib jumladan mana bu [url=https://islom.uz/’ontent/view/999/138/]https://islom.uz/’ontent/view/999/138/[/url] sahifani o‘qib quyidagi fikrlar keldi. Alloh taoloni buyurganini bajarish insonlarga farz qilingan. Avvalo gap Uylanmagan erkaklar haqida ketsa, bilamizki jamiyatimizda juda keng tarqalgan illat. Balki uylanmasidan oldingi qilgan ishiga yarasha jazolansa keyinroq zino qilishdan oldin o‘ylanib qilgan bo‘larmidi, Alloh saqlasin. Shu jumladan Uylanmagan erkaklar zinodan saqlanishsa qizlarning va ayollarning zinosi sal kamayarmidi. Alloh bilguvchiroqdir. Bu dunyodagi jazolar oxiratdagi jazolardan engilligini bilamiz. Tavba qilish bunday insonga umrini oxirigacha yo‘ldosh bo‘lishi kerak va buni dunyoning ko‘p ulamolari aytishadi. [u]Shu asnoda Uylanmagan erkaklarga jazoni (100 darra urilishini) qo‘llash qay usulda bo‘lishini aytib o‘tsangiz. Buni qaerda amalga oshirish mumkin? Kim qo‘llashi kerak?[/u] Bilamizki hozirgi jamiyat buni yoqtirmaydi yoki oqlamaydi. Ammo Allohni oldida jamiyat degan gaplar bo‘maydi, hammamiz o‘zimiz uchun javob beramiz. Alloh barchamizni shaytonni vasvasasidan saqlasin va ko‘proq sabr bersin. Ameen.Jazakallohu Khoyron!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Shar’iy jazolarni, ya’ni, haddni qo‘llash uchun bir necha shartlar bor. Ustoz yoki birorta shariatni biladigan odam haddni qoim qilishga haqli emaslar. Agar bu kabi ishlarga ruxsat berilsa, turli xatolar tarqalib ketishi ehtimoli borligidan gunohkor o‘z gunohini berkitib, tavba qilishi tavsiya qilingan.2. Muhson bo‘lmagan kishi zino qilsa ham baribir. Uning musofirchiligi jazo o‘rniga o‘tmaydi. 3. Darra urilgan odamga hanafiy mazhabida surgun shart emas.
27 Aprel 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda