Shifoxonada namozni qanday ado etish mumkin
Assalomu alaykum! Men kasalxonada ukol olayapman kiymlarimga spirt hidi urib qoladi shifoxona joylari nopok men shu holatda namozni qanday ado etishim mumkin yoki namozni qazo qilib sung qazosini uqishim kerakmi?iloji bulsa tezroq javob bersangiz iltimos! Alloh sizni uz panosida asrasin tanu joningiz sog‘ bulsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har qanday najosat joyning ustiga joynamoz solib o‘qilaveradi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdlarida spirt pok bo‘lib, badan va kiyimga tegishining zarari yo‘q. Mast bo‘lish uchun ichish harom. قَالَ أَبُو عَبْدِ اللهِ: وَلَمْ يَرَ الْحَسَنُ بَأْسًا أَنْ يُصَلَّى عَلَى الْجَمْدِ وَالْقَنَاطِرِ، وَإِنْ جَرَى تَحْتَهَا بَوْلٌ أَوْ فَوْقَهَا أَوْ أَمَامَهَا، إِذَا كَانَ بَيْنَهُمَا سُتْرَةٌ. وَصَلَّى أَبُو هُرَيْرَةَ عَلَى سَقْفِ الْمَسْجِدِ بِصَلَاةِ الْإِمَامِ. وَصَلَّى ابْنُ عُمَرَ عَلَى الثَّلْجِ Abu Abdulloh aytadi: «Hasan muz va ko‘prik ustida namoz o‘qishni, garchi uning usti yo osti yoki oldidan peshob oqib tursa ham, agar orada to‘siq bo‘lsa, hechqisi yo‘q deb bilardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu masjid ustida imomning namoziga ergashib namoz o‘qigan. Ibn Umar roziyallohu anhumo qor ustida namoz o‘qigan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:09 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar