Javobingni berdim deyish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim ichib kelib ayoli bilan urushib qolib 6 martta javobingni berdim uyingga ket debdi. Hozir afsusda, lekin taloq so‘zini aytmagan. Shu holatda taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushadi. Javobingni berdim so‘zidan taloq tushishida shak yo‘q, ammo  raj’iy taloq tushadimi yoki boinmi 100 foiz ilmga ega emasmiz. Farqi shundaki agar raj’iy tushsa bir yo‘la uch taloq tushgan bo‘ladi. Boin tushsa bir taloq tushib  qolganlari bekor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar