Zakotimni yaqin qiynalgan qarindoshimga bersam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Zakot bermoqchiman lekin to‘g‘ri keladigan insonni uchratganim yo‘q balkim kuni bilan ishda bo‘lganim uchun topishga qiynalayotgan bo‘lishim mumkin. Mening xolam (onamning singlisi) 2019-yil beva bo‘lib qoldilar. 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bor. Pochchamning o‘limidan so‘ng juda qiynalib qoldilar. Farzandlarni kiyintirish, edirib ichirish va xokazo. Kichik farzandlar 2 yoshga to‘ldi. O‘zlari bozorda do‘kon yurg‘azadilar. Xozir lekin savdolari ancha past va oila tebratishga ancha qiynalib qolganlar (buni buvimning gaplaridan bildim). Shu paytgacha qo‘ldan kelgancha yordam berib turamiz oilaviy va boshqa yaqinlarimiz. Xozir dodam va buvim bilan yashashmoqda (qaysidur ma’noda ularning pesniyalari xam ishlatiladi ro‘zg‘orga). O‘tgan yili Allohga tavakal qilib xam shu xolamga bergan edim. Lekin bu yil ilimga kuchliroq kirishib zakot bo‘yicha savollarim ko‘paydi. Bu yilgi zakotimni xam xolamga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holangizni o‘zi qarzlaridan tashqari 27 milion pul egasi bo‘lsa berolmaysiz. Undan kam bo‘lsa berishingiz mumkin. Shunda ham nisobga qodir qilib qo‘ymaysiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 159 | Zakot