Berkitib sotilgan mol

Assalomu alaykum! Bizning yangi mahallamiz dalaga tutash bo‘lgani uchun juda ko‘p meva-sabzavot etishtiradigan erlar mavjud. Er egasi yo‘q paytlarda odatda, erga tayinlangan qarovchi kishi qaraydi. Mavsumda qarovchilar qo‘shnilarga mevalardan sotishadi. Bir marta men ham sotib oldim. Ammo keyin bilsam ular er egasidan berkitib sotisharkan. Buning hukmi qanday bo‘ladi? Olgan mevamiz bizga haqini to‘laganimiz uchun halolmi yoki xarom? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu o‘g‘irlik. Siz ham o‘sha o‘g‘irlangan molni sotib olibsiz. Haqqini o‘sha mevalarni egasiga to‘lashingiz shart. Chunki sizga sotganlar haqqini o‘z egasiga berishmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar