Testlarni pulga ishlash

Assalomu alaykum! Men institut talabasiman. Pandemiya sababli barcha oliygohlar online rejimda. ZOOM yoki MODUL kabi programmalarda test ishlaymiz. Ammo buni hamma ham tushunmaydi, hammaniyam uyida internet tezligi etarli emas. Shu sababli tanishlarimni testlarni savob uchun ishlab berdim. Boshqa guruhda iltimos qilishdi yo‘q desam unda yiqilib ketishlarini aytishdi. Shunda ularnikini ma’lum summaga ishlab berdim. Bu ishim to‘g‘rimi? Birovni qurbi etmasa boshqa tomonlama ish qilishida yordamlashish qanchalar to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tufayli o‘zlari bilishi shart bo‘lgan ilmlarni olmasdan, o‘zlashtirmasdan biror kasbni egallasa va o‘sha kasbda xatolikka yo‘l qo‘ysa siz javobgar bo‘lasiz. Masalan jarroh bilishi kerak bo‘lgan eng nozik nuqtani bilmasdan sizni yordamingiz bilan imtihondan o‘tsa, o‘sha narsan bilmagani uchun kelgusida birorta bir xatolikka yo‘l qo‘yib odamni o‘limiga sabab bo‘lsa siz ham o‘shanga sherik bo‘lasiz. Nafaqat siz, bilishi kerak bo‘lgan bilimni o‘qituvchi o‘zi bermasa evaziga oylik olsa o‘sha ham sababchi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar