Islom asosi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar islomda Adolatni o‘rni qanaqa Nima uchun Rasulimiz S.A.V Sahoba R.A lar Ulamolar Ahli Ilmlar Hattoki 4 masxabni Bosh imomlari ulamolari birinchi navbatda adolatli bo‘lishga e’tibor berishgan ekan bunga sabab nima adolatli insonni martabasi shunchalik ulug‘mi va Qanaqa hadislar bor Adolat haqida Bu savolni berganim hozirgi kunda Musulmon Musulmonga zulm qilmoqda aldamoqda foizga pul berib Sudho‘rlik qilmoqda Monopoliya qilib zulmdan pul topmoqda shu tog‘rimi Nega Musulmonlar kam yurtlar rivojlanmoqda ularni rivojlanishini asosiy mezoni nima? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo "Nahl" surasida marhamat qiladi:  اِنَّ اللّٰهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالْاِحْسَانِ وَاٖيتَٓائ ذِي الْقُرْبٰى وَيَنْهٰى عَنِ الْفَحْشَٓاءِ وَالْمُنْكَرِ وَالْبَغْيِۚ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ۝90. Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga va’z qilur. Shoyadki, eslasangiz. 
«Mufassirlar shohi» laqabini olgan Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u kishi: «Qur’ondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yaxshilikni ham, chetlanishi lozim bo‘lgan yomonlikni ham jamlab zikr qilgan», deganlar. Albatta, Alloh: «Adolatga» amr etadi. Alloh buyurgan adolat adolatdir. Bu adolatga ko‘ra, har bir shaxs, jamoat va har bir qavmga odilona muomalada bo‘linadi. Unda havoyi nafsga, do‘stlik yoki dushmanlikka, nasabga, qudachilik yoki qarindoshlikka, boylik yoki kambag‘allikka, kuchlilik yoki zaiflikka qarab muomala qilinmaydi. Hamma uchun o‘lchov bir.Niso surasining 135-oyatida shunday marhamat qiladi:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُونُواْ قَوَّامِينَ بِالْقِسْطِ شُهَدَاء لِلّهِ وَلَوْ عَلَى أَنفُسِكُمْ أَوِ الْوَالِدَيْنِ وَالأَقْرَبِينَ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقَيرًا فَاللّهُ أَوْلَى بِهِمَا فَلاَ تَتَّبِعُواْ الْهَوَى أَن تَعْدِلُواْ وَإِن تَلْوُواْ أَوْ تُعْرِضُواْ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا۝Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinrokdir. Havoyi nafs-ga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. 
Ushbu oyatdagi amrlar g‘oyatda muhim, musulmonlar bu masalalarga jiddiy qarashlari lozim. Shu boisdan, Alloh taolo musulmon bandalariga: «Ey iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmokda. Diqqatni jalb etmokda. Bu tarz nidoning hikmatlarini avvalda bir necha bor aytib utdik. Xullas, bu nidodan keyin kelayotgan amrlardan biri - hamma ishda, hamma joyda, hamma masalada adolat ila turishdir. Adolat ila turishni takozo etadigan ishlardan biri guvohlik berishdir. Guvohlik juda ham nozik va mas’uliyatli ishdir. Chunki guvohlik berish yo‘li bilan dalil-xujjat etishmay turgan ishlar hal buladi. Bir og‘iz guvohlik so‘zi bilan birovga o‘lim hukmi chikishi yoki bekor qilinishi mumkin. Birov kamalib ketishi yoki qutulib qolishi mumkin. Shuningdek, birov katta mol-mulkka ega bo‘lishi yoki o‘zining mol-mulkidan ajrab qolishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, guvoxlik kupgina hassos masalalarga daxldordir. Shuning uchun ham Islomda guvohlik adolat ila bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Biz o‘rganayotgan ushbu oyati karimada ham xuddi shu masala muolaja qilinmokda: «Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota- onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘gri guvohlik beruvchi bo‘ling». Demak, guvohlik Alloh uchun bulishi kerak. Boshka narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalk uchun emas. Faqat Alloh uchun bo‘lishi kerak. Ana shundagina adolatli guvohlik bo‘ladi. Albatta, odamning o‘ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urug‘iga karshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy ta’limot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin. Guvohlik berishda nasab omilini hisobga olish mumkin bo‘lmaganidek, guvohlik berilayotgan shaxsning, ya’ni ayblanuvchining ijtimoiy holati ham e’tiborga olinmaydi: «Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinrokdir». Ya’ni unga sizdan ko‘ra Alloh yaqinrokdir. U nima qilishni o‘zi yaxshi biladi. Siz uning boyligi yoki kambag‘alligiga qarab guvohlik berib, islomiy ta’limotlarni buzmang. Bu bechora kambag‘al ekan, deb rahm qilib, uning foydasiga guvohlik bermang. Eki yalangoyok, kambag‘alning qo‘lidan nima kelar edi, deb uning zarariga ham guvohlikni burmang. Guvohlik berishingiz Alloh uchun tӳg‘ri bo‘lsin. Shuningdek, bu boy ekan, keyin menga har narsa qilish qo‘lidan keladi, deb qo‘rqib, yoki, boy ekan, bunga balo ham urmaydi, deb notӳg‘ri guvohlik bermang. Tӳg‘ri guvohlik bering. Guvohlik berishda: «Xavoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang». Havoi nafs o‘zini sevishga, ota-ona va qarindoshlarga yon bosishga undashi mumkin. Nafs boyga xushomad qilishga yoki kambag‘alga mehr ko‘rsatishga va shunga o‘xshash notӳg‘ri ishlarga boshlashi mumkin. Havoi nafsga berilib: «Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir». U Zot o‘zi bilib, adolat-la jazoingizni beradi. Tilingizni burib, notӳg‘ri guvohlik berishingiz mumkin emas. Shuningdek, mas’uliyatdan qochib, guvohlik berishdan yuz o‘girishingiz ham mumkin emas. Islomda guvohlikni berkitish yoki uni ado etishdan qochish ham katta gunoh hisoblanadi. Alloh taolo boshqa bir oyatda guvohlikni berkitgan odam qalbi gunohkor odam ekanligini ta’kidlagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislaridan birida: «Guvohlarning eng yaxshisi so‘ralmasdan guvohlik berguvchisidir», deganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:29 | Savol-javoblar | 187 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar