Qazo ro‘zasining tutilishi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Ramazon oyida tutilmagan ro‘zalarning birinchi kuniga 60 kun, keyingilariga esa 1kundan tutiladi deb eshitgandim. Agar shunday bo‘lsa, 60 kunni niyat qilsa-yu orada uzilish bo‘lsa shu tutilgan ro‘zalar ham qazo o‘rniga o‘tadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqoladagi ishlardan birortasi bo‘lgan bo‘lsa kafforat vojib bo‘ladi. Kafforatni ketma-ket 60 kun uzluksiz bo‘lishi shart. Qazo o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/760

26 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar