Stavka puli

Assalomu alaykum! Avvalo savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman lekin so‘rashga majburman. Xozirda chet elda safardamiz, sherigim stavkaga pul tikib pul ishlamoqchiligini aytib qoldi. Men unga bu ish xaromligini aytdim. Shunda u agar pul yutib olsam bir tiyin xam o‘zimga olmayman, bu pullarni xozirda o‘zimizning yurtimizda ochilgan “Yurak amri”, “Ajr” loyixasi shunga o‘xshash saxovat loyixalari xisob raqamlariga o‘tkazib yubormoqchiligini aytdi. Uning aytishicha bu o‘yinni o‘ynaydiganlar yutib olgan pullarini xarom xarj, faxsh ishlarga sarlashadi. Men undan ko‘ra bu pullar nochor va etim esirlarga foydasi tegsa yaxshi deb xisoblayman deyapti. Shu fikr to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishining ishi, "Zino qilib pul topib, yaxshilikka sarflayman" deydigan ayolning gapiga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:29 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar