Qarindosh va qasam
Assalomu aleykum! Ota-onamning ikkala tomon qarindoshlarim haqida.Yoshim 18da aqlimni taniganimdan beri bu hodisa takrorlanadi.Onam o‘z onasidan, uka,opa,singlisidan Otam o‘z otasi va akalaridan qarindosh tugul begona inson qilmaydigan holatlar o‘tgan.Otam harbiy edi.1yilda sanoqlik marta shu tug‘ulib o‘sgan joyimizga borardik.O‘shanda ham ota onamni kamsitib kayfiyatini buzib jo‘natishar edi.Ota onam mayli bular qarindoshimizku deb har gal kechirib,mehmonga kelsa zo‘r kutvolishar,ularni ko‘ngliga extiyotkor bo‘lib jo‘natishar edi.Tayinli uyimiz yo‘q edi otamni ishi tufayli qaerga jo‘natsa ketaverardik.Vaqt o‘tdi ulg‘ayib qolganimizdan keyin uy olishga qaror qildik.Bari to‘plagan mablag‘imizni Otam o‘z otasiga omonat sifatida berib qo‘ydi va natijasida berilgan puldan olinibdi.Pulni cho‘loq amakim bor o‘sha bobomga nogironlar aravachasi olamiz zamonaviysidan deb so‘ragan.Otam xo‘p deb pulni ol dedi.Arava u pulga loyiqmas edi.Pulni hammasini olib katta akasiga berdi.Uy istadik va topdik.Pulni so‘rasak 1tiyn ham yo‘q ekan.Otam jinni bo‘p qolishi sal qoldi.ko‘chada qoldik hisobda.Vaqtincha yashab turgani onamning tug‘ilgan uyiga bordik.U erga ham sig‘madik.Vaqt o‘tib qarz olib uzib uy oldik.Qarindoshlar yana kelishdi ota onam yana kechirdi faqat otam hiyonat qilgan akasini hanuz kechirmadi.Qolgan qarindoshlar hammasi bilan yana yaxshi bo‘ldik.G‘alati hodisa ro‘y beraverdi.Har safar qarindoshlar keladi,biz quchoq ochib kutvolamiz o‘zidan o‘zi janjal qilib yo‘q bo‘lib ketadi.Bu narsa takrorlanaverardi.Biz kechiraveramiz,quchoq ochib kutvolamiz orada janjal va yana biz aybdor.Yana qarindoshlar kelishganda quchoq ochiladi.Men ota onamga aytardim bular yana munosabatni uzadi ayb bizda bo‘lib qo‘ladi desam ular ishonmasdi.Natijasi yana o‘sha.Onamni har doim o‘z onasi ozor beradi.Gap bilan qilgan qiliqlari bilan kelinni onamdan ustun qilishi bilan hullas buni ko‘rib meni g‘azabiim qo‘zg‘ardi.Onam chidolmasdi va onasini oldiga borsa yomon kutib olib yomon gap gapirib jo‘natardi.Bormasa hol ahvol so‘ramayapsan deb gapiradi.Domla ko‘p yozib yuborganim uchun uzr lekin bu qisqarog‘i edi va yozmasam bo‘lmas edi.Nega bunday bo‘lyapti biz shunchalik yomonmizmi deb ota onam yig‘lardi.Hozir ular 47 yoshdalar men ularni qarindosh bilan umrini janjalda o‘tishini hohlamayman.Shariat bunga nma deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangiz o‘sha ishlar uchun ulkan ajr olayotganini xis qilsangiz edi. Qarindoshlar bundan battarini qilishsa ham mayli der edingiz. Siz ustozimizning “Yaxshilik va silai rahm” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangiz o‘sha ishlar uchun ulkan ajr olayotganini xis qilsangiz edi. Qarindoshlar bundan battarini qilishsa ham mayli der edingiz. Siz ustozimizning “Yaxshilik va silai rahm” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar