Muxabbat
Assalomu alaykum! Men bu kanalni anchadan buyon o‘qib boraman. Ming bor uzur, agar adashmasam oldin bir savol kelgan edi. Savolning mazmuni nechchi yildan beri erim bilan yashashi. Ayollik vazifalarini to‘liq bajargani. Eri undan roziligi, ammo eridan oldin sevgan insonini xech xam unuta olmaganini, uni faqat xayolida o‘ylab yurishi xaqida edi. Lekin men aniq javobini eslolmayabman qidirish xizmatidan xam topa olmadim. Xurmatli ustozlar agar shunday savol kelgan bo‘lsa qayta tashlasangiz. Yoki boshqa bir insonga turmushga chiqib, yaxshi yashasayu, lekin ko‘nglida boshqa insonni sevsa gunox bo‘ladimi? Faqat xayolida yaxshi ko‘rsa, yoki o‘zini majburlab xam unuta olmasa. Buning javobi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning javobi shaytonni bu boradagi vasvasasiga uchmaslik kerak bo‘ladi. Shayton shu yo‘l bilan sizni yo‘ldan chiqarishga harakat qiladi. Eringiz bilan baxtli hayot kechiring. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush