Ramazonda etikof

Assalomu alaykum! Ramazonning oxirgi 10kunligida etikof o‘tirish sunnati muakkada ekan. Savolim: to‘liq 10 kun o‘tirsagina sunnati muakkadani bajargan bo‘ladimi yoki shu 10 kun ichida 1kun bo‘lsa ham etikof o‘tirish bilan ham bu sunnat bajarilgan bo‘ladimi? 2). Ayollar etikof o‘tirgan vaqtida uy yumushlarini (ovqat qilish) qilishlari joizmi? Etikof buzulmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). 10 kuni sunnati muakkada, bir kun o‘tirganlar ham unchalik darajada savobga ega bo‘lmasa  ham e’tikof o‘tirganning savobini oladi.
2). Qilolmaydilar.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar