Duo so‘zlari to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! 1). Ushbu duoni so‘zlarini krill alifbosida to‘g‘rilab bersangiz. "La ilaxa illollox vaxdaxu la sharika lax. Laxul mulku va loxul xamdu va xuva a’la kulli sha’in kodiir. Alxamdulillaxi va SubxanAllohi va la ilaxa illolloxu vAllohu akbar va lo xovla va la kuvvata illo billoxil alluyul a’zim." Ko‘nglimdan xar doim o‘qiganimda xato degan tuyg‘u o‘tayveradi. 2). Yangi oy chiqqan yoshi katta odamlar duo qiladi shu to‘g‘rimi? 3). Uyda sichqonga qopqon yoki dori tashlab yo‘q qilsa gunox bo‘lmaydimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Xato o‘qir ekansiz. Har qanday masjid imomining oldiga borib to‘g‘rilab olishingiz mumkin.
2). Oisha roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy chiqqanida, mening qo‘limdan ushlab: «Zulmatga cho‘mgan kechaning yomonligidan Allohdan panoh so‘ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
3). Gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 174 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar