Istinjoda orqa oldini yuvish haqida

Assalomu alaykum! Menda peshob bilan bog‘liq kasalligim bor. Yaniy bavl qilganimdan keyn, 5-10 daqiqadan keyn tomchilaganday tuyuladi, ba’zida tekshirsam, xo‘l bo‘ladi, ba’zida hech narsa yoqday tuyuladi. Bu haqdagi savollarni o‘qib chiqdim, peshobdan keyn turli xarakatlar qilib peshob yo‘lida qo‘ldirmaslik kerak hech narsa. Lekin yuqorida aytib o‘tganimdak, shularni qilsam ham, yana tomchilash bo‘lib turadi. Ba’zi ustozlarni tinglasam, shunday holatlarda bir namoz paytidan keyingi namoz paytigacha tahorat uzrli sabab bo‘lgani uchun sinmas ekan, yangi namoz vaqti kirganda, peshob qilmagan bo‘lsam ham, tomchilash sabab oldimni tozalab, tahorat olishim kerak. Savolim esa shundan iborat, agar peshob va hojat qilmagan bo‘lsam, faqat tomchilash bo‘lgan, bo‘lmasa ham, namozim o‘tishi uchun tahorat olmoqchi bo‘lsam, faqat oldimni tozalab, orqani tozalamasdan, keyn tahorat olsam bo‘ladimi? (Yuz, qo‘l, oyok)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni Ba’zi ustozlarni tinglasam, shunday holatlarda bir namoz paytidan keyingi namoz paytigacha tahorat uzrli sabab bo‘lgani uchun sinmas ekan, yangi namoz vaqti kirganda, peshob qilmagan bo‘lsam ham, tomchilash sabab oldimni tozalab, tahorat olishim kerak.” deb yozganingizga qaraganda siz “sohibi uzr” masalasi haqida eshitgansiz va uni noto‘g‘ri tushungansiz. Sohibi uzr namoz vaqti kirgach bir marotaba tahorat oladi va o‘sha vaqt chiqib ketgunicha tahoratni sindiruvchi holatlar bo‘lsa ham istaganicha namoz o‘qiyveradi. Namoz vaqti chiqqach yana qayta tahorat oladi va shu kabi davom etaveradi. Sohibi uzr bo‘lish uchun kishida bir namoz vaqti kirgandan to chiqib ketgunicha uzridan xoli holatda, tahorat olib namozning farzini o‘qiy olmaydigan holat topilishi kerak. Bu avvalda sohibi uzr hukmida bo‘lishligiga bo‘lgan shartdir. Sohibi uzr hukmida qolish uchun esa, bir namoz vaqtining biror juzida bir marta bo‘lsa ham uzrning topilishidir. Sohibi uzrning hukmlarini ushbu maqolani o‘qib batafsil o‘rganing: https://fiqh.uz/maqola/586 Savolim esa shundan iborat, agar peshob va hojat qilmagan bo‘lsam, faqat tomchilash bo‘lgan, bo‘lmasa ham, namozim o‘tishi uchun tahorat olmoqchi bo‘lsam, faqat oldimni tozalab, orqani tozalamasdan, keyn tahorat olsam bo‘ladimi? (Yuz, qo‘l, oyok)” debsiz, bu so‘zingizdan biz tushundikki siz tahorat singanida qayta tahorat olish uchun albatta oldi yoki orqa avratni yuvish shart deb o‘ylar ekansiz. Tahorat bundan emas balki qo‘lni yuvishdan boshlanadi. Oldi yoki orqada najosat bo‘lmasa to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lni yuvib, og‘iz-burunni chayib, yuzni yuvib tahorat amallarini davom etaverasiz. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 130 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar