dam solsh

Assalomu alaykum!dam soganga  pul berish durusmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmadlar qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Sa’iyd al-Xudriy boshliq bir guruh sahobalar safarda bo‘ladilar. Bir qavm oldidan o‘tib, mehmon qilishni so‘rasalar, u qavm bosh tortadi. Ittifoqo, o‘sha kechasi mazkur qavmning ulug‘ini chayon chaqib oladi. Ulardan ba’zilari maskanlari yaqinida dam olayotgan sahobalarning huzurlariga kelib, bo‘lgan hodisani aytadilar va «Ichingizda dam soladigan odam bormi?» deyishadi.
Abu Sa’iyd al-Xudriy:
«Bizga haqqini bermasangiz, dam solmaymiz», deydilar. Bir necha adad qo‘yga kelishadilar. Abu Sa’iyd al-Xudriy «Fotiha» surasini o‘qib, dam soladilar. Boshliq tuzaladi.
U kishi qo‘ylarni olib, shubhalanib qoladilar va ularga hech bir tasarruf qilmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rash uchun Madinaga haydab ketadilar. Bo‘lgan voqe’ani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berganlarida u zot:
«Taqsimlanglar! Menga ham ulush beringlar», deydilar. Ya’ni bu narsaning joizligi, halolligini bildirish uchun shunday deb, kulib yuborgan ekanlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 140 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar