Namozdan rohatlanish

Assalomu alaykum! Men Allohga shukr 5vaqt namozni ado etib kelmoqdaman. Oldinlari namoz o‘qiganimdan so‘ng ruhiy quvvat olar edim, hayotga bo‘lgan muhabbat ham oshib borardi. Ammo oxirgi kunlarda negadir namozdagi rohatlanish meni tark etgan, atrofimdagi olam rangsizdek go‘yo. Taskinlik yo‘q, halovatim ham yo‘q, hadik bor, qanday yo‘l tutay bu holatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda namozni rohatlanish uchun emas Allohga qullik qilish uchun o‘qiladi. Aks holda namozidan rohatlanmagan odamlar namozlarini tashlab qo‘yishib “qachon rohatlanadigan bo‘lganda o‘qiyman” deb yurishar edi. Siz yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar