Ushbu mukofot halolmi?

Assalomu alaykum! Men yaqinda ichimlik suvi etkazib beruvchi tashkilot bilan yashash xonadonimga ichimlik suvi etkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzdim. Tashkilot xodimlari "agar bizning tashkilotga oz-ozdan emas, balki bir yo‘la 500 litr, ya’ni 25 dona 20 litrlik suvga buyurtma bersangiz, narxi 50.000 so‘m bo‘lgan suvni idishidan chiqazib beruvchi moslamani (kichik nasos) tekinga sovg‘a (mukofot) sifatida qo‘shib berishini aytishdi. Men ham baribir shu 500 litr suvni 1 oy davomida bo‘lsa ham olamanku deb bir yo‘la buyurtma berdim va ular menga suvni idishidan chiqazib beruvchi moslamani (kichik nasos) tekinga berishdi. Shu qilgan ishim halolmi?, Shuningdek, ular keyingi bir yo‘la qilinadigan buyurtmalarga, bitta suvni tekinga qo‘shib berishlari mumkinligini (25+1) ma’lum qilishdi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol.  Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar