Biolam

Assalomu alaykum! Biolam.uz da operatorman, 40ta xodimdan 2tasi faqat meditsinani bitirgan, vazifamizda medik xam sotuvchi xam operatorlik. Klientga 1-ko‘ng‘iroqda mutaxasislar sizga keyin ko‘ng‘iroq qiladi deymiz va o‘zimiz o‘sha mutaxasislar bo‘lamiz.(lekin medik emasmiz) xar kuni dars o‘tiladi shu soxadan. Rossiyadan (Qozoxiston) xalol sertifikat bilan keladi. Doridan sog‘ayganlar xam bor. Ish xaqi foizda sotilgan summadan (5mln×3%=150 ming) .ishimni o‘zgartiraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarmoqli marketing shartlari topilsa shar’an joiz emas.
Wikipedianing inglizcha nashrida tarmoq marketingi haqqidagi sahifasidan:https://en.wikipedia.org/wiki/Multi-level_marketing

Multi-level marketing (Ko‘p bosqichli marketing)

Multi-level marketing (MLM), shuningdek tarmoq marketingi [1] - yoki ba’zi hollarda piramida deb ham ataladi [2] [3] [4] MLM bu baxsli [5] marketing startegiyasi bo‘lib unda korxona mahsulot yoki xizmatlarini oylik to‘lanmaydigan ish kuchi yordamida sotish orqali foyda ko‘radi. Ishtirokchilarning daromadlari esa piramida shaklidagi yoki ikkilik kompensatsiya komissiyasi tizimidan olinadi. MLM strategiyasi noqonuniy piramida sxemasi bo‘lishi ham mumkin. [6]

Ko‘p bosqichli marketingda (MLM) mukofot berish rejasi nazariy jihatdan ishtirokchilarga faqat ikkita potentsial daromad oqimidan to‘lanadi. Birinchisi, ishtirokchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlarining chakana mijozlariga sotilgan savdo komissiyalaridan to‘lanadi. Ikkinchisi, boshqa ishtirokchilarni MLMga jalb qilgan, ishtirokchidan past bo‘lgan boshqa distribyutorlar tomonidan ulgurji sotib olish asosida komissiyalardan to‘lanadi; MLMlarning tashkiliy ierarxiyasida ushbu ishtirokchilar pastga yo‘naltirilgan distribyutorlar deb yuritiladi. [7]

Shu sababli, MLM sotuvchilari o‘zaro yaqindan taklif berish, tushuntirish va og‘zaki marketing orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri oxirgi chakana iste’molchilarga mahsulotlarni sotishlari kutilmoqda, lekin eng muhimi, ular kompaniyani tarqatish zanjiriga qo‘shilish uchun boshqalarni pastga yo‘naltirilgan distribyutorlar bo‘lish ya’ni hamkasb sotuvchilar sifatida jalb qilishlari uchun rag‘batlantiriladi. [1] [8] Federal Savdo Komissiyasining veb-saytida e’lon qilingan AQShdagi 350 MLM biznes modellarini o‘rgangan hisobotga ko‘ra, MLM kompaniyalariga qo‘shilgan odamlarning kamida 99% pullari yo‘qotadilar. [9] [10] Shunga qaramay, MLMlar ishlaydi, chunki pastki darajadagi ishtirokchilar katta daromad olishlari mumkin degan ishonchni saqlab qolishga da’vat etiladi, ammo bu statistik jihatdan mumkin emasligi ta’kidlangan. MLMlar an’anaviy piramida sxemasining bir turi sifatida ko‘rilib ba’zi mamlakatlarda shu jumladan materik Xitoyda ham noqonuniy deb taqiqlangan yoki boshqacha tarzda qat’iy tartibga solingan. [11] [12]
Legality and legitimacy (Qonuniylik)
….
Saudiya Arabistonida MLM marketingi fatvo berish bilan taqiqlangan, shu sababli Saudia Arabistonida Amway, Mary Kay, Oriflame va Herbalife kabi MLM kompaniyalari o‘z mahsulotlarini MLM o‘rniga onlayn sotish usuli bilan sotadilar.
….

Religious views (Diniy qarashlar)

Islom
Ko‘plab islom huquqshunoslari va diniy tashkilotlar, shu jumladan Saudiya Arabistonining Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi va Ifta [69] MLM savdosini taqiqlangan yoki harom deb hisoblashgan, buning sabablari quyidagicha: Ushbu jarayonda quyidagilar mavjud – hizmatsiz evaz olish va evazsiz hizmat qilish, bir shartnoma bo‘yicha boshqa shartnoma yoki bir shart ustiga boshqa shart, ribo bilan o‘xshashlik (foizlar), qimor bilan o‘xshashlik, foyda va zararlarning umuman noaniqligi, hammaga bir xil foyda keltirmaslik, moliyaviy firibgarlik va zo‘ravonlik , yolg‘on va mubolag‘a va boshqalar. [70 ] [71].  Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar