Ikki xotinlik vojibmi

Assalomu alaykum! Bir joyda eshittimki xozirgi kunda dunyo jixatidan yaxshi bo‘lgan erkaklarga ikki ayolga uylanishlik vojib darajasiga chiqqan deb eshittim. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkak kishining ikkinchi oila qilishi uchun asos moddiyat emas, balki adolat qila olishlikdir. Shuning uchun ham Alloh taolo ham Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling) yoki qo‘lingizda mulk bo‘lganlar bilan (kifoyalaning), degan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar