KABRLARNI ZIYoRAT KILISh XAKIDA
ASSALOMU ALAYKUM! YaKINDA XAZRAT BOXOVUDDIN NAKShBANDIY KABRLARINI ZIYoRAT KILIShGA BORISh NIYYaTIM BOR.ILTIMOS ZIYoRAT KILAYoTGANDA NIMALAR KILISh KERAK VA NIMALARGA ETIBOR KILISh KERAK? OLDINDAN RAXMAT
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hanafiy mazhabi bo‘yicha qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas deganlar.Qabr ziyorati Juma, Shanba, Dushanba va Payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘ladi.Ziyoratchi «Yasin» surasini qiroat qilish mandubdir. Buni «al-Bahru ar-Roiq» kitobining sohibi va az-Zayla’iylar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. Unda Rasululloh alayhissalom:«Kim maqbaralarga kirganda «Yasin» surasini qiroat qilsa, Alloh o‘sha kuni ularga engillik beradi va unga o‘sha erdagi narsalar adadicha hasanotlar bo‘ladi», deganlar.Imom Ahmad, Ibn Moja, Abu Dovud va al-Hokimlar Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh alayhissalom:«O‘liklaringizga «Yasin»ni qiroat qiling», deganlar.Shuningdek, «Fotiha» surasi, «Baqara» surasining avvalida «muflihun»gacha, Kursiy oyatini, Amanarrusuluni, «Taborak» surasini, «Takosur» surasini, «Qul a’uzu birobbil falaqi» hamda «Qul a’uzu birobbinnasi»ni uch martadan va «Ixlos» surasini uch, etti yoki o‘n bir marta o‘qisa bo‘ladi. Qiroatning savobini o‘tganlarga bag‘ishlab duo qilinadi.
21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 161 | Aqiyda