Esam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men musofirchilikda o‘qiyman(Xitoyda). Bu erlarda xalol luqma topish qiyin. Hamamiz yaxshi bilamiz xitoyliklar qanday narsalarni qay tarzda istemol qilishini, men biron narsa eyishga qo‘rqib qolganman. Tovuq ey desam tovuq pishgan qozonda cho‘chqa ham pishgan bo‘lsachi yoki ko‘y va molni “Bismillah” demasdan so‘ygan bo‘lsachi degan savolar tinchlik bermayapti. Bu erda musulmon oshxonalari bor, lekin u erda ovqatlanishga xar doim xam iloj bo‘lavermaydi. Uyda xam ovqat tayorlashga sharoit yo‘q. Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning aytganini qilsangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Alloh taolo “An’om” surasida haromdan qaytarib halol eyishga buyurgan. وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar