Jaxl ustida 3 taloqsan deb yubordim

Assalomu alaykum! Ayolim bilan kattik janjallashdik. O‘shanda men ichgan edim meni jaxlim chiqib qo‘limdagi telefonimni otib sindirgan edim ayolim xam menga talog‘imni bering deb turib oldi. Men aytmadim yana so‘rayverdi. keyin men jaxl ustida 3 taloqsan deb yubordim. O‘shanda ikkimiz xam taloqni ma’nosini bilmasdik, tushunmasdik. Shundan so‘ng masjid imomi xuzuriga bordik va u kishi bizdi diniy idoraga taloq masalasi bo‘yicha ma’sul domlani oldiga yubordi. U kishi viloyat bosh imomi o‘rinbosari ekan. Bizdan bo‘lgan barcha voqeani barcha detallarigacha ayolimdan aloxida va mendan aloxida suradi. Shundan so‘ng u kishi bizga bundan buyon 5 vaqt namoz o‘qishimizga, xalol-pok yashashimizga va’da oldi va bizga nikox o‘qidi. Savolim shuki bizni yashashimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni yozganizga qaraganda oraga uch taloq tushgan. Uch taloqdan keyin birga yashashga hech qanday yo‘l yo‘q. Agar viloyat bosh imomi o‘rinbosari eshitib ko‘rib yo‘l borligini aniqlagan bo‘lsa, u kishini o‘zlari javob beradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar