Bir olimni yoki ulamolarni xaqorat qilish

Assalomu alaykum! Olimni yoki ilmli ulamoni xaqorat qilsa, ustidan kulsa bir odam, kofir bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ulamolarni ilmini masxara yoki haqorat qilsa, Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi:  قُلْ أَبِاللّهِ وَآيَاتِهِ وَرَسُولِهِ كُنتُمْ تَسْتَهْزِؤُونَ۝لاَ تَعْتَذِرُواْ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَانِكُمْ  Sen: «Allohni, Uning oyatlarini va Rasulini istehzo qilayotgan edingizmi?» deb ayt. Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz”.
Musulmon shaxsning zimmasida vojib bo‘lgan narsalardan biri Islom ulamolarini hurmat qilish, solih insonlarga muhabbatli bo‘lishdir. Islom shariati aynan ushbu muhabbat va hurmatni haddidan oshmaslik hamda sustkashlik qilmaslik sharti ila kasb etish lozimligini uqtiradi. Shubhasiz, aynan ulamolarni va solih insonlarni masxara qilish, ularni kamsitish, iymon taqozo qilgan hurmat hamda muhabbatga zid axloq hisoblanadi. Istehzo kamsitishning bir turidir. (“Lisonul arab”, 1/183 va “Al Misbahul Munir”, 787-sahifadagi istehzo moddasiga qarang!)
Olusiy rahimahulloh aytadilar: “Istehzo kamsitish va masxaralashdir”.
Imom G‘azoliy rahimahulloh aytadilar:
“Darhaqiqat, istehzo, pastga urish, kamsitish va ayb-nuqsonlar ustidan kulish orqali tanbeh berish goh ish-harakat, goh so‘z, gohida esa imo ishora bilan ham bo‘ladi. Istehzoning asli engiltaklikdan kelib chiqqan. Arablar tuyaning tezlab, engil yugurib ketishiga shu istehzo kalimasini qo‘llashadi. (“Ruhul ma’oniy”, 1/158)
Ulamolar istehzoning istilohida ahli ilm va solih zotlarni istehzo qilish kofirlarning sifatlaridan hamda munofiqlarning xislatlaridan ekanini alohida ta’kidlashagan. Bunga Alloh taoloning bir necha oyatlari ochiq ishora qiladi (“Baqara” 212, “Mo‘’minun” 103 dan
gacha bo‘lgan oyatlar, “Mutoffifin” 29 dan 33 gacha bo‘lgan oyatlar. Bular kofirlar haqida. Munofiqlar haqida esa “Baqara”, 14, 15, “Tavba”, 79 va hokazolar). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar