Reanimatsiyada avratga qarash gunohmi?

Assalomu alaykum! Sizlarni 3-4 yildan beri muntazam kuzatib boraman Alloh rozi bo‘lsin juda ko‘p narsalarni bilip o‘rgandim. Robbim marhamati ila menga hidoyat berdi 5 mahal namoz o‘qishlik baxtiga musharraf ayladi, savolim biroz uzunroq uzr so‘rayman. Men tibbiyot sohasida o‘qiyapman va hozirda amaliyotdamiz va hozir jonlantirish bo‘limidaman. U erda insonlar kiyimsiz (pampersda) yotishadi. Bir yigit bor, 3 kun avval opkelishdi, 16 yoshda, gaz baloni portlashi oqibatida travmaticheskiy shok holatiga tushgan. Yuziga qarab bo‘lmaydi, gapirolmaydi, ko‘zi ko‘rmaydi, tamog‘ini kesib kislarodga ulab qo‘yishibdi. Buni ustiga ota-onasi yo‘q etim ekan. Yashap ketishi dargumon, yashagan taqdiridiyam ko‘zi ko‘r, saqov nagiron bo‘pqoladi, unga g‘amho‘rlik qilishga harakat qilyapmiz. 1-bazida uni bog‘lap qo‘yishadi chunki ukol qilganimizda kuch bermaydi. Hatto 6 ta ayolni kuchi etmay qoladi. Bazida esa uni ushlap turganimda qolimni mahkam ushlap qisip oladi o‘sha paytlarda va uni avratiga qaraganimda menga gunoh yoziladimi? Ko‘z tushmaslikni iloji yo‘q. Yana bitta iltimosim uni va boshqa bemorlarni haqqiga duo qilip turing teziroq sog‘ayip ketishsin. Robbimni nematlariga ming bora shukrlar bo‘lsin u erdagi insonlar o‘z qo‘li bilan ovqat eya olishmaydi. Burniga ulanadigan shlanka orqali yuboriladi, oddiy havo orqali emas kislorod orqali nafas olishadi, o‘rinlaridan turib bemalol yurolmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh o‘qiyapgan namozlaringiz va barcha ibodatlaringizni O‘zi husni qabul aylasin. Bu kabi bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish juda savobli ishlardan hisoblanadi. Lekin ayolarni bu kabi ish qilishlari to‘g‘ri emas. Nomahramlarga bunday xizmat ko‘rsatishlari shar’an joiz emas. Bunday ishlarni erkaklar qilishlari kerak. Xizmat qilishga erkak bo‘lmasa, ko‘zingizni ehtiyot qilib, qarashingiz joiz. Alloh jumlai mo‘’minlarning bemorlariga shifo bersin! Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar