Ayolimga qanday qilib ta’lim bersam bo‘ladi?

Ustoz mening uylanganimga uch oydan oshiqroq vaqt bo‘ldi. Ayolim namoz o‘qimaydi, biroq uning qalbida dinga moyillik bor, ammo amal qilmaydi. Ustoz men sizning “ Baxtiyor oila” kitobingizni o‘qiganimda, erning ayoli oldidagi mumomalaviy burchlaridan biri: “Ayoliga Ahli sunna val jamoa mazhabida diniy ta’lim o‘rgatish” ekanligini bildim. O‘zim Alloh qodir qilganicha amal qilib yuraman, ammo menda birovga o‘rgatadigan darajada diniy ilmim etarli emas. Ustoz sizning kitoblaringizni baxoliqudrat o‘qib o‘rganishga harakat qilaman, sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam shuki: Men ayolimga diniy ilmni o‘rgatish (shu asnoda o‘zimning ham diniy ilmimni mustahkamlash) ni nimadan boshlashni, qanday tartibda davom ettirishni (sizning muallifligingiz ostida chiqqan qaysi diniy adabiyotlarni o‘qishni) maslahat bersangiz. Alloh taolo dinimiz yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizga ulug‘ ajrlar ato qilsin, Ustoz bizlarni haqqimizga duo qiling!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avval “Iymon” kitobini birga o‘qinglar. So‘ng “Hadis va Hayot”dan 2-juzni, tahorat namoz, ro‘za, zakot va haj kitoblarini o‘qinglar va amal qilinglar. Undan so‘ng boshqalarni ham o‘qiysizlar.

26 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar