Suradagi xato

Assalomu alaykum! 1. Men namozda qunut duosida nasjud so‘zini nusjud deb o‘qigan ekanman oldin. Shu namozlar ado bo‘lganmi? 2. Ko‘p namozlarimda zam suraga Nas surasini qilayotgan edim. Nas surasida yuvasvisu fii suduurinnas so‘zini namozimda yuvasfii suduurinnas deyotgan ekanman. Nima bo‘ladi? 3. Masalan namozxon odam namozlarida o‘zi bilmagan holda qaysi ruknida hato qilayotgan bo‘lsa lekin o‘zi bilmasa va namozi qabul bo‘lmasa , keyin shuni bilsa va shu namozlarini qazo qilib o‘qisa, umuman namoz o‘qimagan kishi namozlarini qazo qilganda qanday qattiq gunohkor bo‘lganidek, namozlarida bilmasdan hato qilib, namozi qabul bo‘lmasa va shunda namozlari qazo bo‘lsa shunday qattiq gunohkor bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ado bo‘ladi. 2). Bilmadik. 3). Shuning uchun namozni farz, vojiblarini o‘rganib oling. Farzni tark qilsa namoz ado bo‘lmaydi. Vojibni tark qilsa sajdai sahv vojib bo‘lib, o‘shani qilish bilan namoz to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar