Aroq ichgan er yaqinlikni talab qilsa

Assalomu alaykum! Aroq ichgan er jinsiy yaqinlik talab qilishi mumkinmi? Ayol kishi uning badbo‘y xidi va o‘zini idora qilmaslini yoqtirmay rad qilsa gunoxkor bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z xotinidan talab qilishi mumkin. Shu sabab oila buzilishi yoki erni ko‘chaga chiqib ehtiyojini haromdan qondirishga majbur qilsa ayol gunohkor bo‘ladi. Erga bu sabab noqulay holatlar bo‘layotgani va aroq tufayli hayoti barbod bo‘lib, oila bolalalarini yo‘qotib kelajakda xor bo‘lishini tushuntirish kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar