Ichib kelib to‘shakka chaqirsa rad qilish

Assalomu alaykum! Xo‘jeyinim namoz o‘qimedilar azongacha sarxush ishlar bilan band bo‘ladilar manga tegensalar man u kishiga iymonsiz Allohni tanimegon er kerebas manga dib o‘zimdan itaraman man Allohga shukur 5maxal namoz o‘qiyman manga bunaqa yashashimiz yoqmayapti o‘zimga yaqinlashtirmiman vaqti kesa 2-3 oy birga yotmemiz. Mani shu qipturgan ishim gunoxmi? Shu narsa man qiynayapti namoz o‘qigan insonga namoz o‘qimegon inson yoqmedikan, xar kuni nasixat qilaman namoz o‘qin zikr qilin yoshiz bir joyga boryapti dib
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri ish qilayapsiz. Siz hadislarda eri to‘shakka chaqirganida unamagan ayollarning hukmida bo‘lib qolasiz. Agar siz unamaganingizdan eringiz ko‘chaga chiqib zino qilsa gunohiga siz sabab bo‘lib tenma teng gunohkor bo‘lasiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا دَعَا الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ إِلَى فِرَاشِهِ فَأَبَتْ أَنْ تَجِيءَ لَعَنَتْهَا الْمَلَائِكَةُ حَتَّى تُصْبِحَ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon er o‘z xotinini to‘shagiga chaqirsa-yu, u kelishdan bosh tortsa, farishtalar tong otguncha uni la’natlab chiqurlar», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar. 
Namozga eringizga ta’sir qiladigan uslubda chorlang, men o‘qiyman siz o‘qimaysiz desangiz o‘qigisi kelib turgan er ham o‘qimay qoladi. Sizni o‘qishingiz ham Alloh tarafidan berilgan ne’mat shuni shukrini qilgan holda erni o‘zingizdan ustun bilib duolarda qalbini ochishini so‘rab namoz o‘qishiga chiroyli sharoit qilib shirin so‘z bilan targ‘ib qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar