Taxorat vaqtida siydik tomasa

Assalomu alaykum! Istinjo qilganimdan so‘ng, sochiq bilan avratlarimni artib bo‘lgach, salfetka qo‘ygan xolda taxorat olaman va taxorat qilib bo‘lgach salfetkani olib tashlayman. Ba’zi xollarda salfetkada moshday tomchi qolganini sezaman. Shu paytda taxoratni yana qayta olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar tahorat olganingizdan keyin salfetkaga biror narsa chiqqan bo‘lsa, tahoratni qayta qilishingiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun peshobning qoldig‘idan poklanish kerak. Vallohu a’lam! Bu istibro deyiladi va u haqida quyidagi maqoladan o‘qib olasiz:https://fiqh.uz/maqola/411 

10 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar