Qur’on hatmi haqida

Assalomu alaykum! Sharoitim bo‘lmagani sababli arabcha harflani tajvid qoidalarini o‘zim mustaqil videoladan o‘rganib tajvidli Qur’on dan 30-poradagi kichik suralani o‘qishi boshlagandim. Kotta suralaga Fajr surasiga keganimda ilojini qilib uztozga bordim. Ustozim bilan kegan sahifadan boshlab 30-porani davom etirdik. O‘ngdan chapgamas chapdan o‘nga qarab o‘qivoman hozir. Birinchi hatm bo‘gani endi o‘rganvotganiz uchun 30-poradan 1-poraga qarab o‘qisezam xatmga kiradi didila. Hozir 114-suradan boshlab 63-suraga keldim. 30-poradan ya’ni oxiridan avvaliga qarab o‘qisamam xatmi Qur’on hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, xatmi Qur’on hisoblanadi. Alloh taolo har bir harfiga va’da qilgan savoblarni ko‘paytirib bersin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar