Harom pullarni masjidga ehson qilish

Assalomu alaykum! Xozirgi vaqtlarda ”stavka” qo‘yish, ya’ni biror bir uyinga pul tikib uni ko‘paytirish yoshlar orasida ommalashib boryapti. Bundan kelgan pullar qimor, lotoreya va sudxorlik singari xaromligini ko‘pchiligimiz bilamiz, lekin shu yul bilan topilgan barcha pullarni tiyinigicha masjidga yoki etim-esirlarga exson qilsa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom molni masjidga sarflash mutlaqo noto‘g‘ri. Avvalo bu ishni qilib Allohga osiy bo‘lmaslik kerak. Qolaversa, undan tushgan pul bo‘lsa faqir-miskinlarga berilib savob umid qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar