Rassrochka xaqida batafsil

Assalomu alaykum! Bizlarni qiynayotgan masala bu rassrochka masalasi. Do‘kondan narxi 5 millionlik texnika olmoqchi edik. Ammo birdaniga buncha pulni to‘lolmaganligimiz sabab uni bizga 1 yil muddatga rassrochka(bo‘lib to‘lash)ga olsak xam bo‘lar ekan. Ammo narxi 5 million emas 7 million 8 yuzming bo‘lar ekan. Buni bir birodarimiz bankdagi kredit bilan bir xil narsa demoqda. Ya’ni bank senga 10 million berib bir yilda 12 million qilib berasan degani bilan bir xil deyapti. Lekin men buni nasiya (taqsit)savdo dedim. Men adashmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birodaringiz masalani yaxshi bilmas ekan. Bank bilan qilinadigan muomalada pul qarz oldi-berdisi bo‘lib, qaytarib olishda bank ustama bilan oladi. Siz aytgan taqsit savdosida esa pul qarz berilmayapti, mol savdo qilinib shu molning qolgan puliga qarz bo‘layapti. Siz to‘g‘ri aytgansiz, taqsit savdosi joiz amal. Faqat taqsitda oylik to‘lovini kechiktirsa, penya tug‘masli kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar