Exsondagi masala

Assalomu alaykum! Bugungi kunda Sardor Raximxonning yurak amri loixasiga o‘xshash loixalar ko‘paygan. Bu loixada exsonlar yig‘ilib muxtojlarga exson qilinadi. Vidioga olib internetga joylanadi. Yaxshi tarafi boshqa insonlarni shunaqa xayirli ishga davat qilish bo‘lsa, yomon tarafi shu videoga olib internetga joylab exson qilish rio bo‘lib qolmaydimi. 2-savolim: Misol uchun biz pul bersak ularga ular xaqdor insonlarga etkazmasdan o‘z extiyoji uchun ishlatib yuborsa, biz exson qilgan pulimiz bizdan soqit bo‘ladimi yoki yaxshilab surishtirib tekshirmasdan berganimiz uchun biz xam gunoxkor bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni yaxshi va yomon tomoni ham bor. Yaxshi tomoni muhtoj insonlarga yordam bo‘layapti. Yomon tomoni ular bir guruh kishilar ekan. Yaqinda xayriya guruhlaridan biri Samarqandga bir avtobus bo‘lib borishibdi. 2 kunlik mehmonxona pullari to‘lanibdi. Endi tasavvur qiling bir avtobus insonlarni emog‘i va mehmonxona pullari agar o‘sha ehson pullaridan ishlatilsa, necha pulga tushgan? Yaxshi gumon qilamiz, o‘zini pulini ishlatgan deb. Shuning uchun imkon boricha ishonchli va pulga xiyonat qilmaydigan kishilarga berish lozim. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar