Oldimda ikki yo‘l turibdi, qaysi birini tanlayin?

9 yil ota onamdan uzoqda yashadim, shu yillar ichida uylanganim sabab, ota onamni qadriga etdim, chunki 2 ta farzandni otasi man, ular ham meni dada deb chaqirishni boshladi, bu gaplarni sizga gapiryapmanu lekin ich ichimdan yig‘lab yozyapman ustoz, buni faqat Alloh bilib turibti, (gaplarim juda-juda ko‘p) lekin buni yozish uchun kitob qilib chiqarish kerak, Ayolimga ota-onamni ruxsatisiz uylandim, zino qilishdan qurqib shu ishni qildim, oxirini uylamadim, keyinchalik, hozirgacha qiynalib yashadim va hozirda ham qiynalyapman, bu meni taqdirim, shukr qilaman bundan ham ayanchli bulishi mumkin ediku, sal kan 2 yil bo‘ladi chet elda ishlayotganimga, oilam va ota-onamni rizoligini olish maqsadida, jonajon Uzbekistonimni ishlab turgan joyimdan voz kechib, sizlarning qadringizni rosa sog‘inyapman, ilmim yuq, lekin harakat qilyapman hama vazifalarni qilishga, oilamni saqlab qolish uchun aytgan hama narsani qildim, bazisini iloji bulmadi, ota-onamni sharmanda bulishlarini xohlamadim. Bugun bildim ki ular baribir meni uylantirishini. Dadam manga bir qiz topganlarini, sovchilikka bormoqchiligini manga aytdi, yana yig‘ladim uzimni bolalarimchi, ayolimni haqiqat parast, hama narsani insonni yuziga aytishni, faqat oilasi uchun hech narsadan voz kechmasligini, kerak bulsa ota onam uchun xizmat qilishligini meni yuzimga aytgan. Ular, ota-onam, hech qachon undan, ayolimdan, rozi bulmasligini bilgandan keyin u ham uzgardi, men ikki o‘t orasida qoldim, naqadar chiroyli taqdir, bir tarafda oilam, bir tarafda meni bu dunyoga kelishimga sababchi bulgan, jonajon ota-onam, yana yig‘ladim, hasbunallohu va ne’mal vakil, Alloh uzi oson qilmasa, meni sabru bardoshim qolmadi, juda-juda ozib ketdim, onam bechora kasal, orzu havas qilarkan baribir ota-ona, uyda bitta ug‘il man, ota-onamga juda kerak man, baxtiyor oila kitobini va boshqa kitoblarni uqidim, (aslida ular ota-onam, bolasi uchun, hamasi yaxshi bulishligini, hayotta qiynalmasligini xohlaganligi uchun, shu ishni, vazifasini qilyapti), meni ayolim qarindoshlarim oldida yomon bulsa ham, kerak bulsa uzim ham bilsam, ayolimni yomonligini, lekin manga itoatkor, hijob kiymaydi, namozlari joyida emas, o‘rtacha kiyinadi, sabr bilan kutaman Allohni yaqindan tanishiga, buni esa ota onalarim hech qachon tushunmaydi. Ustoz 2 ta yo‘l bor, biri uylanishim, biri ota-onamdan uzoqda yashashim kerak (hamasi joyiga tushishi uchun), qaysi birini qilishim kerak ustoz? , chunki bugun kechki payt dadam manga telefonda javobini aytadi (sovchilik)ni, yoki men uylanmayman deyishim kerak, yoki?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ochig‘ini aytish kerak. O‘zingiz ayta olmasangiz, qarindoshlardan birortasi tushuntirib aytsin.

26 May 2022, 23:00 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar