Tishga tosh yopishtirish hukmi

Assalomu alaykum! Men bu savolni bir do‘stimning nomidan so‘ramoqchiman. U mendan tishning ustiga tosh yopishtirdirish hukmini so‘radi. Bunday qilish joizmi? Tahorati va namozlariga zarar qilmaydimi? Oldindan javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda odamlar quloqqa zirak taqilgan, qo‘lga uzuk taqilgani kabi tishlariga qimmatbaho toshlar qo‘ydirishmoqda. Bundan maqsad ziynatdan boshqa narsa emas. Bu shar’an joiz emas, chunki g‘usl va tahoratda uning ostiga suv etmaydi. Tishga qo‘yilgan plmbalar bundan mustasno. Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdirtiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarini orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani o‘zgartiruvchini la’natlagan», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. Shunga binoan joiz emas. Tahorat va g‘usl ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/29715

26 May 2022, 09:38 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar