Nikohlari nima bo‘ldi?

Assalomu alaykum! Bir yaqinim o‘zi 28 yoshda qancha tushuntirishimizna qaramay namoz o‘qimayapti faqat bir yilda ikki marta hadit namoziga boradi xolos. Namozni o‘rgatey desam keyin o‘qiyman ana "falonchi" 50 yoshdan boshladi manam 50dan bashlayman deydi. Qur’ondan oyatlarni o‘z ko‘zi bilan o‘qittirdim Ibodati Islomiya kitobidan farz amal muhimligi namoz qanchalik muhimligini ko‘rsatdim aytdim baribir yana o‘sha yosh bolani gapi "50 yoshdan boshlayman". Na meni na ayolini na boshqani gapini oladi. Ramazon ro‘zasini ham shuncha tushuntirsamda 3-4 kun tutdi xolos. Zakot berishga ham ha beraman deb bermay yuribdi oldinlarham bermagan edi. Endi o‘zi amal qilmagani etmaganday ayoli hijobga kirmoqchi bo‘lsa qarshilik qilyapti necha marta aytsaham yo‘q ana "falonchi" hijobda emas senham kirmaysan debdi. Bu borada yana tushuntirdim farzlini aytdim oyat keltirdim buyuklani gapini keltirdim lekin fikridan qaytmadi. Allohga qarshi chiqayapsan desam "man Xudoga ishonaman" deyishdan nari bormaydi. Xudoga ishonsang Qur’onga ishonmaysanmi desam "men Xudoga ishonaman" deydi gapdan qoladi. Bu bilan Qur’onga ishonmayman demoqchi emas albatta. Ibodati Islomiya kitobida farzni farz emas deyish yoki zarurligiga ishonmaslik bandani iymonsiz qiladi deb o‘qigandim. Bu yaqinimni "50 yoshdan o‘qiyman" deyishi, zakotni o‘tgan yil ham bila turib bermagandi bu yil esa paysalga solishi va ayolini hijobga kirishiga tamoman qarshiligi "farzni zarurligiga ishonmaslik" deganga to‘g‘ri kelib qolmasmikin deb qo‘rqayapman. Yaqinimni nikohiga zarar etmaganmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni kufr deyish qiyin. Buni osiylik deyiladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar